Линклар

Frantsiyadagi "Charlie Hebdo" satirik jurnali chorshanba kuni Muhammad payg‘ambarni hajv qiluvchi suratlarni chop etdi.

Reyters va Frans press axborot agentliklari xabariga ko‘ra, ular orasida payg‘ambar yalang‘och holda tasvirlangan surat ham bor.

G‘azabnok musulmonlar hujum qilishi ehtimoli sababli Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi dunyo davlatlaridagi Frantsiyaga qarashdi diplomatik idoralarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida buyruq berdi.

Islom dini va Muhammad payg‘ambarni haqorat qiluvchi Amerikada ishlangan filmga qarshi o‘tgan hafta musulmon davlatlarda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari paytida ro‘y bergan zo‘ravonliklarda kamida 19 odam nobud bo‘ldi.

Liviyaning Beng‘ozi shahridagi AQSh konsulligiga hujum paytida elchi Kristofer Stivens va yana uch diplomat halok bo‘ldi.

2011 yil noyabrida "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad payg‘ambarni hajv qiluvchi suratlarni chop etganidan so‘ng nashrning Parijdagi idorasiga o‘t chiqaruvchi bomba otib ketilgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG