Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:10

Futbol: "Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" 2:2


Osiyo Chempionlar Ligasi birinchi chorak final bosqichida Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasi va Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasi o'rtasida o'tgan uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

19 sentabr kuni Avstraliyada o'tgan o'yinda hisobni mezbonlar 7 va 18 daqiqalarida ochib berishdi. Gollarga Yan Remsi va Ivan Kostopuloslar mualliflik qilishdi.

"Bunyodkor" esa raqib gollariga ilk javobini birinchi bo'limning 44 daqiqasida qaytardi. Standard vaziyatni ajoyib tarzda ijro etgan Jasur Hasanov to'pni darvoza "devyatka"siga yo'llab, hisobni 2:1 ga yetkazdi.

"Qaldirg'ochlar"ning ikkinchi goli 75 daqiqada Shavkat Salomov tarafidan kiritildi.

Aytib o'tish joiz, 44 daqiqadan boshlab bir o'yinchiga ko'pchilikda o'ynagan toshkentliklarda amalga oshirilmay qolgan qator qulay vaziyatlar bo'ldi.

O'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgan "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov avstraliyalik raqibning shiddatli hujumlarini kutmaganini aytdi.

- “Adelaida Yunayted”ning bizga qarshi o‘tkazgan barcha uchrashuvlarini tahlil qilib shuni ayta olamanki, raqibimiz har safar himoyaviy taktikaga asosnlangan tartibli o‘yin namoyish etardi. Bugun ushbu jamoaning o‘tkir va keskin hujumlar tashkil etishini birinchi bor ko‘rishim. Tezkor o‘tkazib yuborilgan gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Biroq 20-daqiqadan keyin shogirdlarim tashabbusni o‘z qo‘llariga ola boshlashdi va uchrashuvning qolgan qismida katta ustunlikka ega bo‘lishib, yakunda irodali durang qayd etishdi. Buning uchun futbolchilarimdan minnatdorman, - dedi bosh murabbiy matbuot anjumanida.

"Bunyodkor" va "Adelaida Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 3 oktyabr kuni Toshkentda bo‘ladi.

"Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" 2:2 (19.09.2012)

XS
SM
MD
LG