Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:40

Turkiya o‘zbekistonlik sayyohlar uchun yangi tartib joriy qildi


Bundan buyon O‘zbekiston fuqarolari Turkiya chegarasini kesib o‘tishda qaytish yoki boshqa davlatga uchish bileti va yonida kamida 2 ming AQSh dollari miqdorida naqd pulni ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Bu tartibga rioya etmagan o‘zbekistonlik sayyohlar mamlakatga kiritilmasligi mumkin.

Turkiya tomoni bunday tartib nima maqsadda joriy etilganini ochiqlamagan. 2009 yildan Rossiya fuqarolari uchun ham shunday tartib amalda bo‘lib kelmoqda.

Turkiya hozir O‘zbekiston vatandoshlari uchun vizasiz tizim joriy etgan.

O‘zbekiston fuqarolari 30 kunlik muddatga Turkiyaga vizasiz safar qilishlari mumkin.

Turkiyaga kelgan o‘zbekistonliklar mamlakatda belgilangan muddatdan ko‘proq qolib ketishi xollari ko‘paygani sababli rasmiy Ankara shunday chora qo‘llagan bo‘lishi mumkinligini aytishadi kuzatuvchilar.
XS
SM
MD
LG