Линклар

logo-print
O‘zbekistonning futbol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida Xitoy jamoasiga qarshi durang o‘ynadi.

Uchrashuvdagi hisobni 15-daqiqada o‘zbekistonlik o‘smirlar ochib berishdi. Golga Jasur Boltaboyev mualliflik qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida xitoylik Xu Jingxan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin ikkinchi bo‘limi asosan O‘zbekiston terma jamoasi ustunligida o‘tdi. Biroq hisob o‘zgarmasdan qoldi.

Shunday qilib, Eronda o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bir durang va bir g‘alaba bilan 4 ochko qozonib, guruhda birinchilikni saqlab qolishdi.
XS
SM
MD
LG