Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:15

FIFA "Oltin to‘p-2012" da‘vogarlari ro‘yxatini e‘lon qiladi


Lionel Messi va 2011 yilgi "Oltin to'p".
Lionel Messi va 2011 yilgi "Oltin to'p".
FIFA 30 oktyabrda “Oltin to‘p-2012” uchun da‘vogarlik qilayotgan futbolchilarning dastlabki ro‘yxatini e‘lon qiladi.

Ro‘yxatga 23 futbolchi kirishi aytilmoqda. Dastlabki ovoz berishdan so‘ng ro‘yxatda faqat uch futbolchi qoladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi jamoa sardorlari, murabbiylar va sport jurnalistlari tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi.

“Oltin to‘p-2012” mukofoti 2013 yilning 7 yanvarida FIFA tarafidan uyushtirilgan taqdimot marosimida o‘z egasiga topshiriladi.

O‘tgan yili “Oltin to‘p” mukofoti “Barselona” klubi o‘yinchisi Lionel Messiga topshirilgan edi.

Aziz mushtariy, siznincha, 2012 yigi "Oltin to'p" mukofotni kimga nasib etadi?
XS
SM
MD
LG