Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:17

Apple uch kun ichda 5 millionta iPhone 5 sotdi


iPhone 5 smartfoni
iPhone 5 smartfoni
Apple shirkati 21 sentyabr kuni sotuvga chiqarilgan iPhonening yangi modeli uch kun ichida 5 million dona sotilganini ma‘lum qildi.

iPhone 5 dunyoning 9 davlati, jumladan, AQSh, Frantsiya, Kanada va Yaponiyada sotuvga chiqarilgan edi.

Shu haftaning oxirigacha iPhone 5 yana 22 davlatda sotuvga chiqariladi. Apple joriy yilning oxirigacha iPhone 5 dunyoning yuzta davlatida sotiladigan bo‘ladi.

2011 yilda iPhone 4S sotuvga chiqarilganidan keyingi uch kun ichida to‘rt million dona sotilgan edi. iPhone 5 esa Apple shirkatiga sotuvlar bo‘yicha yangi rekordni sovg‘a qildi.

Biroq smartfon yangi modelining xaridorgirligi shirkat vakillari rejalashtirganidan ozroq bo‘lib chiqdi. Apple shirkati birinchi uch kun ichida olti million dona iPhone 5 ni sotilishini bashorat qilgan edi.

Sotuvlarning chaqqonligiga qaramasdan so'nggi ikki kun ichida Apple shirkati aksiyalarining AQSh birjasidagi narxi 3 foizga (26 dollarga) tushib ketdi. 25 sentabr kungi sotuvlar so'ngida shirkatning bir aksiyasi 673 dollardan sotilgan.
XS
SM
MD
LG