Линклар

logo-print
Yangi smartfon olmoqchisiz, lekin mobil telefonlari bozoridagi xilma-xillikdan boshingiz aylanayapti.

"Android yoki iOS" deb Google qidiruv tizimini titkilab tashladingiz. Biroq Internet forumlarda yozilgan ma'lumot sizni qoniqtirmadi.

To'g'ri. Samsung Galaxy S III chiroyli, ekrani katta va texnik imkoniyatlari ko'p. Biroq uning batareyasi uzoqqa yetmaydi va dasturlari (app) soni oz.

To'g'ri. Endigina savdo rastalariga chiqqan iPhone 5 o'z dasturlari, dizayni va yuqori tezligi bilan farqlanadi. Biroq uning xaritalar tizimi mukammal emas va narxi ancha baland.

Ko'pchilikni qiziqtirishi kerak bo'lgan yana bir savol - smartfon mustahkamligi! Qaysi smartfon korpusining pishiqligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolga "Android Authority" online guruhi tarafidan tayyorlangan "Mustahkamlik sinovi" videosida bilib olsangiz bo'ladi.

Videoda Galaxy S III va iPhone 5 smartfonlari qo'ldan qattiq sirtga tushib ketgandagi shikastlanish darajasi tekshiriladi.

Quyidagi videoni asabi tarang texnika shaydolari ko'rishi tavsiya qilinmaydi.



Xo'sh, Galaxy S III yoki iPhone 5?
XS
SM
MD
LG