Линклар

Futbol olamini yorituvchi nufuzli Goal.com nashri olib borayotgan "haftaning eng chiroyli goli" online so'rovnomasida "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Jasur Hasanovning goli ham ovozga qo'yilgan.

Esingizda bo'lsa, 19 raqami ostida o'ynaydigan Jasur Hasanov 19 sentabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Adelaida Yunayted"-"Bunyodkor" uchrashuvida standard vaziyatdan ajoyib tarzda gol kiritgan edi.

Jasur Hasanovning o'yinning 44-daqiqasida kiritgan golini quyidagi videoning 50-soniyasida ko'ring:




Avstraliyada o'tgan o'yin 2:2 hisobi bilan durang natijasi qayd etildi. Ikki jamoa o'rtasidagi javob uchrashuvi 3 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

Hozircha so‘rovnoma natijalari quyidagicha:
Jasur Hasanov – “Bunyodkor” 40.76%
Juninyo – “Los Andjeles Gelaksi” 33.55%
Fred – “Fluminense” 11.43%
Eddi Jonson – “Siyetl” 7.24%
Jilles Bames – “Xyuston” 7.02%

Jasur Hasanov goliga Goal.com saytiga kirib ovoz berishingiz mumkin. So'rovnoma saytning o'ng tarafida joylashgan.
XS
SM
MD
LG