Линклар

logo-print
Rossiyadagi “Birinchi kanal” rahbariyati “ProjektorPerisxilton” teleko‘rsatuvini to‘xtatdi.

Rossiyadagi axborot agentliklariga ko‘ra, Ivan Urgant, Aleksandr Tsekalo, Sergey Svetlakov va Garik Martirosyan olib borgan ko‘ngilochar ko‘rsatuvning yopilishiga Garik Martirosyan bilan Sergey Svetlakovning joriy yil yozida TNT kanali bilan shartnoma imzolagani sabab bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, kelishuvda ularning boshqa kanallarda chiqishi ko‘zda tutilmagan. “Projektorperisxilton” ko‘rsatuvini olib boruvchilar gazetalarda chop etilgan yangi xabarlarni muhokama qilishgan va mashhur kishilar bilan suhbatlar olib borishgan.

2008 yilda ilk bor efirga uzatilgan “Projektorperisxilton” tok-shouning oxirgi soni 2012 yil iyunida namoyish qilingan edi.
XS
SM
MD
LG