Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:28

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi aksilislomiy filmdan norozi


Shayx Abdulaziz Mansur.
Shayx Abdulaziz Mansur.

Shayx Abdulaziz Mansur Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning aksilislomiy filmdan noroziligi masjidlarda aholiga yetkazilayotganini aytdi.

Shayx Abdulaziz Mansur AQSh suratga olingan aksilislomiy ruhdagi "Musulmonlar gunohsizligi" filmi hamda Frantsiyada chop etilgan "Charli Hebdo" jurnalida Islom payg‘ambari aks etgan karikaturalarning chop etilganidan qattiq ranjigani va bunday ranjishni O‘zbekistondagi aksar musulmonlarda kuzatganini aytdi.

Kuni kecha Jazoirda o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti anjumanida ishtirok etib qaytgan shayx hazratlari safari davomida bu film ortidan ko‘tarilgan norozilik namoyishlarini muttasil kuzatib borganini aytdi.

Unga ko‘ra, duyondagi aksar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ham Islom dini va uning payg‘ambari haqorat qilinishi, kamsitilishidan norozi.

- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan, Diniy idoramiz tomonidan hozir masjidlarga shu narsa yetkazildiki — bu xabarlarni eshitgan bor, eshitmagan bor — shularga norozichiligimizni bildirib qo‘yinglar, degan tavsiya berildi. Maqolalar ham yozilayapti hozir. Albatta, munosabat bildirilyapti, - dedi Abdulaziz Mansur.

U bot-bot g‘arb davlatlarida kuzatilayotgan Islom dinini kamsituvchi, payg‘ambar Muhammad alayhissalomni haqorat qiluvchi harakatlarga nisbatan qat‘iy chora ko‘rlishi zarur, degan fikrni tilga oldi.

- Albatta, bunga qarshi choralar ko‘rilmasa bo‘lmaydi. Din har bir xalqning muqaddas qadriyatidir. Dinga nisbatan shakkoklik qilganlar kufrga ketadi. Endi bilmadim, bu filmni ishlaganlar qaysi dinga mansub yoki dinsizmi ular? Agar ular nasroniy bo‘lsa yoki yahudiylikda ham bir-birlarining payg‘ambarlarini tahqirlashga umuman huquq yo‘q. Ya‘ni, so‘z erkinligimi, inson huquqlari, deymizmi — hammasining chegarasi bo‘lishi kerak,- dedi shayx Abdulaziz Mansur.

Shuningdek, shayx hazratlari shu kunlarda Nyu Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasi 67-sessiyada aksar musulmonlar davlatlari yetakchilari ilgari surgan talab — xalqaro qonunchilik doirasida shakkoklikni jinoyat sifatida malakalanishi tarafdori ekanini bildirdi.

- Faqat bunday qonunchilik bir guruh davlatlar tomonidangina emas, balki Islom olamining yetuk ulamolari va zamonaviy qonunchilikning yetakchilari o‘rtasida bahamjihat, bamaslahat qabul qilinishi kerak. Hamma tomonlarning istaklari inobatga olishini kerak, - dedi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abulaziz Mansur.

Uning aytishicha, har ikki rasmiy tashkilotning aksilislomiy filmga nisbatan noroziligi aks etgan bayonot matni tez orada matbuotda ham chop etiladi.

Quyida esa Abdulaziz Mansur bilan qurilgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:01 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG