Линклар

logo-print
Dunyodagi eng katta Internet ijtimoiy tarmog'i hisoblanmish Facebook sayti asoschisi Mark Zukerberg bugun Moskvada Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi.

Rossiya hukumati rahbari matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, uchrashuvning asosiy mavzusi axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik hamda Skolkovo ilmiy-texnik majmuasidagi telekommunikatsiya va yangi shirkatlarning rivojlanishi bo‘ladi.

Medvedev bilan uchrashuvdan keyin Mark Zukerberg Moskva Davlat universitetida talabar oldida ochiq ma‘ruza bilan chiqishi kutilmoqda.

Bundan tashqari Zukerber Facebookning eng taniqli rossiyalik foydalanuvchilari bilan ham uchrashishi aytilmoqda.

Qariyb bir milliard foydalanuvchiga ega Facebook ijtimoiy tarmog'ida 9 million 300 ming rossiyalik bor. O'zbekistonlik facebookchilar soni tahminan 150 ming kishini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG