Линклар

logo-print
"Bunyodkor" futbol jamoasining OFK (Osiyo Futbol Konfederatsiyasi) Chempionlar ligasi chorak finalidagi raqibi Avstraliyaning "Adelaida Yunayted" jamoasi bugun Toshkentga uchib keladi.

Ikkala jamoa o'rtasidagi javob o'yini 3 oktyabr kuni "Jar" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, 19 sentyabr kuni Avstraliyada o'tgan dastlabki o'yinda 2:2 hisobida durang natijasi qayd etilgan edi.

Avstraliyaning "Herald Sun" nashrining yozishicha, "Adelaida Yunayted" Toshkentga kelish uchun rekord masofani - 11 100 kilometrni 33 soat ichida bosib o'tishi kerak..

To'g'ridan-to'g'ri parvoz yo'qligi sabab jamoa O'zbekistonga Tayland orqali uchib keladi. O'zbekiston va Avstraliya o'rtasidagi 4,5 soatlik farqqa ko'nikish uchun mehmonlarda ikki kun vaqt bor.

Avvalroq xabar qilinganidek ikkala jamoa o'rtasidagi o'yin o'zbek futboli haqida mahsus dastur tayyorlayotgan “FIFA Futbol Mundial” telehaftaligi ijodkorlari tarafidan tasvirga olinadi.

Avstraliyada o'tgan dastlabki uchrashuvdagi gollar - "Adelaida Yunayted"-"Bunyodkor" 2:2, 19 sentabr.

XS
SM
MD
LG