Линклар

Yaponiyada qabul qilingan yangi qonunga ko'ra, online qaroqchilik, ya'ni Internet sahifalaridan noqonuniy tarzda fayllayrni yuklab olish bilan shug'ullanganlar ikki yillik qamoq jazosi yoki 25 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin.

Bu haqda xabar bergan Mashable.com nashrining yozishicha, yangi qonun 1 oktyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Mazkur qonun aksar mutahassislar tarafidan keskin qoralanmoqda. Chunki, nazariy olib qaralsa, YouTube saytidagi ayrim videolarni ko'rish ham "noqonuniy yuklab olish"ga kirishi mumkin.

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan ma'lumotni Internetdan yuklab olish kunchiqar yurtida 2010 yildan beri g'ayriqonuniy hisoblanadi. Biroq shu kungacha qaroqchilikdan foydalanib kelganlar uchun keskin chora qo'llanilmagan edi.

Qariqchilar fayllarini "upload", ya'ni Internetga yuklash esa Yaponiyada o'gir jinoyat hisoblanadi va qonunbuzarlar 10 yilgacha qamoqqa yoki 128 ming dollarlik jarimaga tortilishi mumkin.

Yangi qonun Yaponiyaning Ozov yozuvchi shirkatlar uyushmasi bosimi ostida qabul qilingani aytilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, yaponiyalik musiqasevarlarning 10 tadan 9 tasi qo'shiqlarni Internetdan noqonuniy tarzda yuklab oladi.
XS
SM
MD
LG