Линклар

Eron Prezidenti Mahmud Ahmadinajod yetakchiligidagi delegatsiya bilan Nyu Yorkka safar qilgan tasvirchi AQSh hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi.

Bu haqda Eronga qaytishdan bosh tortgan tasvirchi Hassan Gol Hanbanni himoya qilayotgan nyu-yorklik advokat Paul Odvayyer ma‘lum qildi.

Advokatga ko‘ra, Hanbanning rafiqasi va bolalari ham Eronni tark etishgan. Ayni damda ularni AQShga olib kelish ishlari olib borilmoqda.

Siyosiy boshpana olish jarayoni olti oyga cho‘zilishi mumkin.

Prezident operatorini siyosiy boshpana so‘rashga undagan sabablar hozircha ochiqlanmayapti.

Mahmud Ahmadinajod AQShga BMT Bosh Assambleyasida prezident o‘laroq so‘nggi marotaba chiqish qilish uchun tashrif buyurgan edi.
XS
SM
MD
LG