Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:15

Rossiya Bosh vaziri Facebook asoschisi bilan uchrashdi


Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskva tashqarisidagi Gorki rezidentsiyasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Zukerberg bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida Skolkovo innovatsiya markazi, axborot texnologiyalari bozori, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish va uning istiqbollari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarning siyosatga ta‘siri kabi masalalar muhokama qilingani aytilmoqda.

Uchrashuvda Zukerberg Bosh vazirga uning Facebookdagi sahifasi ishorasi tushirilgan futbolkani taqdim etdi.

Rossiya Facebook eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lmagan kam sonli mamlakatlardan biri. Facebookdagi rossiyaliklar soni 10 millionga yaqin.

Rus tilida so‘zlashuvchilarga mo‘ljallangan Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i Rossiyadagi eng ommabop tarmoq hisoblanadi. Unda qariyb 60 million rossiyalik ro'yxatdan o'tgan.

O'zbekistonda esa 150 ming Facebook, 250 ming Vkontakte foydalanuvchilari bor. O'zbek Interet foydalanuvchilari orasidagi eng ommabop tarmoq Odnoklassniki.ru hisoblanadi. Unda 2 milliondan ortiq faol o'zbekistonlik bor.


Medvedev va yangi texnologiyalar

Rossiya Bosh vaziri va sobiq prezident Dmitriy Medvedevning amaldagi prezident Vladimir Putindan farqli o'laroq yangi texnologiyalarga bo'lgan qiziqishi katta.

Medvedev 2010 yili Rossiya prezidenti sifatida AQShga qilgan safari chog'ida Twitter bosh qarorgohida tashrif buyurib, mazkur tarmoqdan o'ziga shaxsiy mikroblog ochgan edi. Hozir uning Twitter sahifasida qariyb 1,5 million obunachi bor.

AQShga safari davomida Medvedev Apple sobiq rahbari Stiv Jobs bilan ham uchrashgan. Uchrashuv cho'gida Jobs Rossiya prezidenti yangi iPhone 4 smartfonini tuhfa qilgan edi.

AQShdagi mashhur "Kremniy vodiysi"ning (Silicon valley) Rossiyadagi analogi hisoblangan "Skolkovo" ilmiy-texnik kompleksi ham 2010 yilda o'sha vaqtdagi prezidenti Dmitriy Medvedev tashabbusi bilan ochilgan.
XS
SM
MD
LG