Линклар

logo-print
Google shirkari o'zining bozor qiymati bo'yicha Microsoft shirkatidan o'zib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma'lumotga ko'ra, Google aksiyalarining narxi AQSh birjasida bir foizga o'sib, bir aksiya 761,78 dollardan sotilmoqda. Microsoft shirkati aksiyalari esa qariyb bir foizga arzonlab 29,49 dollarga tushib ketdi.

1 oktyabr birja savdolari yakuniga ko'ra, Google ning bozor qiymati 249,9 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Microsoft qiymati esa 247,2 milliard dollarga tushdi.

Shunday qilib, eng keng qo'llanilgan Internet qidiruv tizimi egasi Google birja bozorida ikkinchi o'rindagi eng qimmat texnologiya shirkatiga aylandi.

Birinchi o'rinda bozor qiymati 618 milliard AQSh dollariga teng Apple shirkati joy olgan.
XS
SM
MD
LG