Линклар

logo-print

Ukrainada besoqolbozlikka qarshi qonun loyihasi ma‘qullandi


Besoqolbozlikni tashviq etishni man etuvchi qonun loyihasiga qarshi bo'lganlar Ukraina parlamenti oldida norozilik aksiyasini o'tkazishdi. Kiyev, 2 oktyabr 2012 yil.

Besoqolbozlikni tashviq etishni man etuvchi qonun loyihasiga qarshi bo'lganlar Ukraina parlamenti oldida norozilik aksiyasini o'tkazishdi. Kiyev, 2 oktyabr 2012 yil.

Ukraina parlamenti besoqolbozlikni ochiq tarzda tashviq qilish va qo‘llab-quvvatlashni ma‘n etuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qildi.

Seshanba kuni qonunchilar tarafidan qo‘llangan qonun loyihasi mamlakatda besoqolbozlikni tashviq qilishni, ya‘ni geylarni ijobiy tomondan ko‘rsatishni jinoiy harakatga tenglashtiradi.

Qonun loyihasini qo‘llaganlarga ko‘ra, “gomoseksualizmning ommalashishi milliy xavfsizlikka tahdid soladi”, chunki bunday hayot tarzi mamlakatda VICh/SPID “epidemiyasi”ga, oila institutining buzilishiga hamda tug‘ilishning kamayishi va “demografik bo‘hron”ga olib kelishi muqarrar.

Ushbu qonunni buzganlarga 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Agar parlament qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ham qabul qilsa, u prezident Viktor Yanukovich imzosiga yuboriladi. Prezident imzosidan so‘ng loyiha to‘laqonli qonunga aylanadi.
XS
SM
MD
LG