Линклар

logo-print
Ayni damda Rossiyada ish tashrifi bilan bo'lgan Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg Birinchi kanalning taniqli "Vecherniy Urgant" teleshousi mehmoni bo'ldi.

Mark odatdagiday uchrashuvga quruq qo'l bilan kelmadi. Ko'rsatuv studiyasiga kirib kelishi bilanoq u shou mezboni Ivan Urgantga Facebook nomi tushirilgan "tolstovka" tuhfa qildi.

Urgant bilan bo'lgan 10 daqiqalik suhbat davomida Zukerberg Rossiyaga nima maqsadlar bilan kelgani, nega galstuk taqishni yoqtirmasligi va Bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan o'tgan uchrashuvi haqida aytib berdi.



Facebook asoschisi Rossiya Bosh vaziri bilan 1 oktyabr kuni uchrashgan edi. Muloqot chog‘ida Skolkovo innovatsiya markazi, axborot texnologiyalari bozori, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish va uning istiqbollari muhokama qilingani aytilmoqda.

2 oktyabr kuni esa Zukerberg Moskva davlat universiteti rahbariyati va talabalari bilan uchrashib, o'zi asos solgan ijtimoiy tarmoq haqida leksiya o'qidi.

Zukerberg Bosh vazir Dmitriy Medvedevga uning Facebookdagi sahifasi ishorasi tushirilgan futbolkani taqdim etdi.

Zukerberg Bosh vazir Dmitriy Medvedevga uning Facebookdagi sahifasi ishorasi tushirilgan futbolkani taqdim etdi.

Bundan tashqari, 28 yoshli milliarder Zukerberg rossiyalik dasturchilar, kompyuter injenerlari va tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirgan.

Qariyb 140 million aholisi bor Rossiya Facebook eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lmagan kam sonli mamlakatlardan biri. Facebookdagi rossiyaliklar soni 10 millionga yaqin.
Rus tilida so‘zlashuvchilarga mo‘ljallangan Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i Rossiyadagi eng ommabop tarmoq hisoblanadi. Unda qariyb 60 million rossiyalik ro'yxatdan o'tgan.
O'zbekistonda esa 150 ming Facebook, 250 ming Vkontakte foydalanuvchilari bor. O'zbek Interet foydalanuvchilari orasidagi eng ommabop tarmoq Odnoklassniki.ru hisoblanadi. Unda 2 milliondan ortiq faol o'zbekistonlik bor.
XS
SM
MD
LG