Линклар

Futbolchi Mixael Ballak professional karyerasini yakunladi


Krishtiano Ronaldu va Mixael Ballak to'p uchun kurashmoqda. 19 iyun 2008 yil.

Krishtiano Ronaldu va Mixael Ballak to'p uchun kurashmoqda. 19 iyun 2008 yil.

Futbol bo'yicha Germaniya terma jamoasining sobiq sardori, "Bavariya" futbol klubi yulduzi Mixael Ballak 2 oktyabr kuni o'z professional karyerasini yakunlayotganini e'lon qildi.

Bu haqda o'zining shaxsiy veb-saytida ma'lum qilgan nemis futbolchisi 17 yil davom etgan karyerasida uni qo'llab-quvvatlagan muhlislariga minnatdorchilik izhor etdi.

Ballak futbol osmonida 2000 yillarning boshlarida charaqlab yongan edi. O'sha vaqtda u Leverkuzenning "Bayer" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari safida faoliyat yuritgan.

2006 yili u Londonning "Chelsi" futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Biroq tumanli Albionda uning omadi yurishmagan edi - "Chelsi" safida o'tkazgan 105 o'yinda Ballak atigi 17 bor raqib darvozasini ishg'ol eta olgan.

Solishtiradigan bo'lsak, "Bavariya" jamoasi bilan o'tkazgan 107 o'yinda u 44 golga mualliflik qilgan edi.

2010 yili Ballak qayta "Bayer"ga qo'shildi va shu kungacha leverkuzenlik jamoa tarkibida 35 o'yin o'tkazib, 2 golga mualliflik qildi.

36 yoshni qarshilagan Mixael Ballak 2012 yilda Avstraliya yoki Amerika ligalariga o'tishni rejalashtirib kelgan edi. Shu sabab uning professional karyerasi tugagani haqidagi xabar ko'pchilik muhlislar uchun kutilmagan yangilik bo'ldi.

Germaniya terma jamoasida sardor bo'lgan Ballak mamlakati sha'nini 98 o'yinda himoya qildi va ularda 44 marta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U 2000, 2008 va 2008 yilgi Yevropa chempionatlarida, 2002 va 2006 yilgi Jahon chempionatlarida qatnashgan.

Quyida Mixael Ballak ijrosidagi eng chiroyli gollar to'plamini e'tiboringizga havola etamiz:

XS
SM
MD
LG