Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:23

Bishkek: Uch deputat hibs qilindi. Mitinglar davom etadi


3 oktyabr kuni Bishkek markaziy maydonida o‘tgan muxolifat mitingidan bir ko‘rinish.
3 oktyabr kuni Bishkek markaziy maydonida o‘tgan muxolifat mitingidan bir ko‘rinish.

3 oktyabr kuni xalqni hokimiyatni bosib olishga undaganlikda ayblanayotgan Qirg‘iziston parlamenti deputatlari, “Ata Jurt” partiyasi liderlari Qamchibek Tashiyev va Sadir Japarov 48 soatga hibs qilindi.

Tashiyevning advokati Ikramidin Aytkulovning bildirishicha, ikki deputat hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Advokatning aytishicha, deputatlar payshanbaga o‘tar kechasi milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Hukumat uyini ishg‘ol qilmoqchi bo‘lganlarni 3 oktyabr kuni militsiya rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositasida tarqatdi.
Hukumat uyini ishg‘ol qilmoqchi bo‘lganlarni 3 oktyabr kuni militsiya rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositasida tarqatdi.
Bosh prokuratura deputatlar Qamchibek Tashiyev, Sadir Japarov va Talant Mamitovga nisbatan Jinoyat kodeksining 297- (Konstitutsiyaviy tuzimni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga ommaviy da‘vat etish) va 28-295 - (hokimiyatni kuch bilan qo‘lga olish) moddalari asosida jinoyat ishi ochilganini ma‘lum qildi.

3 oktyabr ikuni Bishkek markaziy maydonida Qumtor oltin koni bo‘yicha o‘tgan mitingda “Ata Jurt” partiyasi liderlaridan biri Qamchibek Tashiyev mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishini bildirib, xalqni hokimiyatni bosib olishga chaqirgan edi. Shundan so‘ng mitingchilar 3 oktyabr kuni soat 13.30 lar chamasida parlament va prezident ma‘muriyati joylashgan Oq uyga bostirib kirishga harakat qilgan.

Militsiya bosqinchilarni quvib chiqarish maqsadida rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Tartibsizliklarda 12 kishi, jumladan, olti militsiya xodimi jabrlangan.

Oq uyni bosib olishga harakat qilganlikda ayblanib, deputatlardan tashqari yana to‘rt kishi qo‘lga olindi.
Oq uyni bosib olishga harakat qilganlikda ayblanib, deputatlardan tashqari yana to‘rt kishi qo‘lga olindi.
Mazkur ish bo‘yicha deputatlardan tashqari yana to‘rt kishi qo‘lga olinib, tergov qilinmoqda. Jinoyat ishi yuzasidan mahkamalararo tergov guruhi tashkil etilgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, deputat Sadir Japarovning avtomashinasidan Kalashnikov avtomati, ikkita Makarov to‘pponchasi va 10 ta bronojilet topilgan.

“Ata Jurt” partiyasi qo‘lga olingan liderlarining ozod qilinishini talab qilmoqda. Partiya vakillariga ko‘ra, liderlarning qo‘lga olinishi hukumatning muxolifatga bosim ko‘rsatayotgani belgisidir.

“Ayni paytda O‘sh va Jalolobodda bizning tarafdorlarimiz yig‘ilmoqda. O‘shda keng miqyosli aktsiya o‘tkazilishi kutilayapti. Bishkekdagi miting esa soat tushki birlarda boshlanadi”, deb ma‘lumot berdi “Ata Jurt” partiyasi matbuot kotibi Nurgazi Anarkulov.

4 oktyabr kuni Oq uy himoyasiga ko‘plab militsiya bo‘linmalari jalb qilina boshlandi.
4 oktyabr kuni Oq uy himoyasiga ko‘plab militsiya bo‘linmalari jalb qilina boshlandi.
Xabarlarda aytilishicha, “Ata Jurt” partiyasi tarafdorlari o‘z mitingini Bishkekdagi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldida o‘tkazmoqchi.

Ayni paytda poytaxtdagi hukumat uyi atrofidagi maydonni nazorat qilishga ko‘p sonli militsiya bo‘linmalari jalb qilinmoqda. Oq uy esa Milliy gvardiya harbiylari tomonidan qurshab olingan.

Qirg‘iziston parlamentida bugun “Ata Jurt” partiyasi liderlarining qo‘lga olinishi va 3 oktyabrdagi voqealar muhokama qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG