Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:56

AQShdagi teledebat Twitterda rekord o'rnatdi


Twitter shirkati rahbari Dik Kostolo.
Twitter shirkati rahbari Dik Kostolo.
AQSh prezidentligiga nomzodlar Barak Obama va Mitt Romni o'rtasida o'tgan saylovoldi teledebat eng ko'p tvitlangan, ya'ni Twitter mikroblogida bahs etilgan siyosiyatga oid voqeaga aylandi.

Mikroblog bergan rasmiy statistikaga ko'ra, 3 oktyabr kuni o'tgan demokrat Obama va respublikachi Romni ishtirokidagi teledebat 90 daqiqa davomida 10,3 million tvit to'plagan. Bu esa siyosatga oid tadbir uchun rekord ko'rsatkichdir.

Kuzatuvchilar fikricha, debatlarning birinchi raundida Romnining qo'li baland keldi. Bunga Obamaning argumentlardan samarali foydalana olmagani sabab bo'lgani aytilmoqda.

Biroq Twitterdagi "follower"lar, ya'ni obunachilar bo'yicha Obama Romnidan ancha oldinga o'tib ketgan. Uning mikroblogiga obuna bo'lganlar soni 20 milliondan oshdi. Romnining Twitterdagi sahifasida esa 1,2 million "follower" bor.

Fransiyada joylashgan Semiocast tahlilchilar guruhiga ko'ra, 2012 yilning yozida Twitter mikroblogidagi foydanaluvchilar soni yarim milliardga yetdi. Ularning qariyb 140 millioni amerikaliklardir.

O'zbekistonda ham tvitterchilarning soni borgan sari ortib bormoqda. Ular orasida mamlakat prezidenti to'ng'ich qizi Gulnora Karimova ham bor. Bugungi kunga kelib Karimovaning mikroblogiga obuna bo'lganlar soni qariyb 15 ming kishini tashkil qilmoqda.

Twitterdagi faol o'zbek foydalanuvchilari O'zbekiston mustaqillining 21 yilligiga bag'ishlab #uzb21 xeshtegini mikroblog jahon trendiga chiqarishgan edi.

Amerikalik Jek Dorsi tarafidan 2006 yili ishga tushirilgan Twitter mikroblogida 140 belgidan oshmagan xabarlarni yozish va boshqalar xabarlarini o'qib borish mumkin.
XS
SM
MD
LG