Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:57

Facebook foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi


Facebook online itjimoiy tarmog'ining faol foydalanuvchilari soni bir milliardga yetdi. Bu haqda tarmoq asoschisi Mark Zukerber o'z shaxsiy sahifasida ma'lum qildi.

- Bir milliard odamning bir-biri bilan muloqotda bo'lishiga xizmat qilish g'oyatda zo'r va mening hayotimdagi eng g'ururlantiradigan ishdir. Facebook ustida kun sayin ishlab uni sizlar uchun yanada qulayroq qilish bizning maqsadimirzdir. O'ylaymanki, bir kun kelib dunyo ahlining qolgan qismini ham birgalikda birlashtira olamiz, - deb yozdi Zukerberg Facebook tarmog'idagi sahifasida.

Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoqning so'nggi statistikasiga ko'ra, tarmoq ishga tushirilganidan beri unga 219 milliard surat va 62 milliondan ko'p musiqa yuklangan. Tarmoqdagi musiqa jami 22 milliard marotaba tinglangan. 2009 yilning fevralida paydo bo'lgan "Like" (Menga yo'qdi) funksiyasi shu kungacha 1,13 trillion marotaba ishlatilgan.

Facebook tarmog'i 2004 yili Garvard universiteti talabasi Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan ishga tushirilgan edi. 2009 yilga kelib tarmoq 100 million foydalanuvchiga ega bo'lgan. 2010 yilning yozida esa ularning soni 500 millionga yetgan edi.

O'zbekistonda esa Facebook foydalanuvchilarnining soni qariyb 150 ming kishini tashkil etadi. Ularning asosiy qismi 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir.

Joriy yilning 18 mayida Facebook shirkati AQSh birjasida o'z aksiyalarini sotishni boshladi. Dastlab 38 dollardan sotilgan aksiyalar tez orada arzonlab ketdi va ayni damda 22 dollardan sotilmoqda.
XS
SM
MD
LG