Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:03

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar chempion bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U16) o‘z tarixida ilk marotaba Osiyo chempioniga aylandi.

Tehronda o‘tgan 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Osiyo chempionati finalida o‘zbekistonlik o‘smirlar yaponiyalik tengqurlari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvni ancha faol boshlagan yaponiyalik futbolchilar 6-daqiqaga kelib oldinga chiqib olishdi. Yaponiyalik hujumchi Mizutani Takuma o‘zbekistonlik himoyachilar xatosidan ustalik bilan foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan keyin ham yaponiyalik yosh futbolchilar hujumni susaytirishmadi. Ayniqsa 19-daqiqada Miyoshi uzoq masofadan juda xavfli zarba yo‘lladi, biroq darvozabon Sarvar Karimov to‘pni qaytarishga ulgurdi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinni jonlantirishdi va hisobni tenglashtirishdi.

Qo‘shimcha vaqt ham 1:1 bilan tugaganligi bois musobaqa reglamentiga asosan jamoalar penalti to‘plarini tepishdi.

11 metrlik zarbalar seriyasida O‘zbekiston jamoasi 3:1 hisobida raqibini dog‘da qoldirdi. Bunga darvozabon Sarvar Karimovning ikki marta yaponiyaliklar to‘pini qaytargani sabab bo‘ldi.

O'zbekiston - Yaponiya




Murabbiy Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi yosh futbolchilar Tehrondan 7 oktyabr kuni Toshkentga qaytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma‘lumotlarga qaraganda, chempionlarni kutib olish uchun kecha Toshkent xalqaro aeroportiga mingga yaqin futbol muxlisi chiqqan.

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar endilikda 2013 yili o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
XS
SM
MD
LG