Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:33

Qashqadaryolik militsionerlarga “Grin kard” haqida tushuncha berildi


Qashqadaryolik militsiya xodimlariga AQShda yashash huquqini beruvchi “Grin kard” lotereyasi bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish vazifasi topshirildi. Bu haqda O‘zinform sayti xabar qiladi.

Aytilishicha, 5 oktyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu kunda Internetda “Grin kard” lotereyasi uchun qayddan o‘tish jarayoni borayotgani, bundan ayrim tovlamachilar foydalanib, odamlarning pulini shilayotgani ta‘kidlangan.

Shu munosabat bilan nozirlarga mahallalarda majlislar o‘tkazib, odamlarga lotereyada ishtirok etish tartibini tushuntirish topshirilgan.

Aholiga tanlovda ishtirok etish tartibini tushuntira olishlari uchun yig‘inda nozirlarning o‘zlariga “Grin kard” va AQSh elchixonasining bu boradagi talablari haqida batafsil tushuncha berilgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, “Grin kard” lotereyasi uchun qayddan o‘tish 3 noyabrga qadar davom etadi.
XS
SM
MD
LG