Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:10

Messi o'ta bo'lgani haqidagi xabar yolg'on bo'lib chiqdi


O'tgan hafta so'nggida qator nashrlar va veb-saytlar tarafidan taniqli futbolchi Lionel Messi va uning dugonasi Antonelyi Rokutsoning o'g'illik bo'lishgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Biroq bir kun o'tib mazkur xabar noto'g'ri ekani ma'lum bo'ldi.

Argentinaning La FM radiosiga asoslanib berilgan xabarda Messining o'g'li payshanbadan jumaga o'tar kechasi dunyoga kelgani va unga Tyago ismi berilgani haqida aytiladi.

Radioning Twitter sahifasida yozilgan mazkur xabardan so'ng futbolchining minglagan muhlislari unga ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z tabriklarini yo'llay boshlashdi.

"Barselona" futbol klubi a'zosi Messi o'g'illik bo'lgani haqidagi xabarga faqat bir kun o'tib, o'zining Facebook sahifasi orqali javob berdi.

- Men va mening oilam siz yo'llagan tabriklar va tilaklar uchun chuqur minnatdorchilik izhor etadi. Lekin biz o'g'illik bo'lganim haqida tarqatilayotgan xabarlarni noto'g'ri ekanlgini sizlarga bildirmoqchimiz, - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Messi na Antonelyi farzand kutishayotgani haqida xabar joriy yilning iyun oyida qator nashrlar tarafidan tarqatilgan edi.

25 yoshli futbolchi Lionel Messi professional karyerasini 2003 yili Ispaniyaning "Barselona" futbol klubida boshlagan edi. Shu kungacha u "Barsa" tarkibida 221 o'yin o'tkazib, ularda 177 gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Uch karra dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan Messi "Barselona" tarkibida bech marotaba Ispaniya chempioni va uch marotaba Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.
XS
SM
MD
LG