Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:38

Mishel Platini Toshkentga keladi


Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi – UYeFA prezidenti Mishel Platini 11-12 oktyabr kunlari Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqida O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.

Tashrif davomida Platini O‘FF prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri bilan uchrashadi. Shuningdek, rejaga muvofiq “Paxtakor” va yangi qurib bitkazilgan “Bunyodkor” stadionlarini ham ko‘zdan kechirishi nazarda tutilgan.

Safar davomida Yevropa futbol ittifoqi rahbariga UYeFA Ijroqo‘mi a‘zosi Marios Lefkaritis, UYEFA prezidenti maslahatchisi Paskal Torres, UYeFA prezidenti yordamchisi Monika Mxitaryan va Ozarboyjon futbol federatsiyalari uyushmasi bosh kotibi Elxan Mamadov hamrohlik qiladi.

Platini boshchiligidagi delegatsiya 12 oktyabr kunning birinchi yarmida Toshkentdan Turkmanistonga jo‘nab ketadi.

2012 yilning may oyida Vengriya poytaxti – Budapesht shahrida tashkil etilgan FIFA kongressida O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov hamda UYEFA rahbari Mishel Platini ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Platinining Toshkentga bo‘lajak tashrifi aynan o‘sha uchrashuvdagi samimiy taklif sabab amalga oshiriladi, deyiladi O‘FF rasmiy saytida.
XS
SM
MD
LG