Линклар

logo-print
Rossiya Premyer ligasining “Anji” futbol klubi a‘zosi o‘zbekistonlik Odil Ahmedov liganing 11-turi oldida jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashdi.

“Anji” sayti O‘zbekiston terma yamoasi yarim himoyachisi umumiy mashg‘ulotlarga kirishmagani, biroq fizioterapiya protsedurasidan o‘tgani haqida xabar berdi.

24 yoshli namanganlik Odil Ahmedov avgust oyida Yevropa ligasi o‘yinlari doirasida Gollandiyaning "Vitess" klubiga qarshi o‘tgan uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan edi.

Ahmedov 21 avgust kuni Germaniyada jarrohlik stoliga yotgan. Shifokorlarning aytishicha, uning to‘liq oyoqqa turishi uchun 7-8 hafta vaqt kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari Odilni 16 oktyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida o‘tadigan O‘zbekiston - Qatar uchrashuvigacha sog‘ayib ketishiga katta umid bildirishayotgan edi.
XS
SM
MD
LG