Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:07

O‘zbekistonda aroq do‘konlari yangi litsenziya oldi


Bundan 9 kun muqaddam – 1 oktyabr kuni O‘zbekistonda alkogolli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlari chakana savdosini avval berilgan ruxsatnomalar bilan amalga oshirish to‘xtatildi. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 mart kungi 65- qaroriga binoan aroq-vino va tamaki sotuvchi do‘konlar tegishli qonunlar talablaridan kelib chiqib, agar zarurat bo‘lsa, o‘z joyini o‘zgartirishi va yangi litsenziya olishi kerak edi.

“Alkogolli va tamaki mahsulotlari tarqatilishi va iste‘molini cheklash to‘g‘risida”gi qaror matnida o‘sha talablar nimalardan iborat ekanligi aytilmagan, lekin mavzu yuzasidan e‘lon qilingan xabarlarda, gap aroq sotuvchi do‘konlarni bolalar muassasalaridan muayyan uzoqlikda joylashtirish haqida borganligi o‘qish mumkin.

Hukumatning 65-qarorida aroq-vino va tamaki sotuvchi do‘konlar dislokatsiyasini qayta ko‘rib chiqish uchun Ishchi guruh tuzilajagi aytilgan.

Xo‘sh, o‘sha guruh do‘konlarni joyidan jildirdimi-yo‘qmi?

Savol javobini Namangan viloyati Chortoq tumani misolida topishga harakat qilib ko‘rdik.

“Chortoqsharobsavdo” bazasining o‘zini tanishtirmagan mutasaddisiga ko‘ra, tuman markazidagi do‘konlar talabga javob bergani uchun o‘z o‘rnidan qo‘zg‘atilgani yo‘q.

- Talabga javob berganligi uchun qolgan. Litsenziyasi bor, harakat qilayapti, ishlayapti. Savdo hajmi o‘zgargani yo‘q. Tovarooborotimizga ta‘sir qilgani yo‘q. Do‘konlar litsenziyasini boshqatdan olib ishlayapti, deydi alkogol ichimliklari savdosi bilan shug‘ullanadigan mutaxassis.

Uning aytishicha, Chortoq tumanidagi aroq do‘konlarining hammasi 65-qarorga muvofiq 1 oktyabrdan yangi litsenziyalarni olishgan.

- Markazda 5ta do‘kon bor. Shu do‘konlar bir oyda taxminan 120 million so‘m atrofida savdo qiladi,- deydi “Chortoqsharobsavdo” bazasining o‘zini tanishtirmagan mutasaddisi.

Chortoq tumani markazida, 2010 yilgi ma‘lumotga qaraganda, 52,8 ming kishi istiqomat qiladi.

Aroq sotiladigan do‘konlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishini ichuvchilar sezmasa, boshqalar ilg‘amay qolishi ham mumkin.

Lekin bu sohadagi o‘zgarishni mahalla oqsoqollari biladi, deb Toshkentdagi mahallalardan biri bilan bog‘landik. Ozodlikka shaxsi sir qolishi sharti bilan gapirgan mahalla oqsoqolining aytishicha, qaror kuchga kirganidan keyin yon atrofdagi aroq do‘konlari yopilgan.

- Mahallaning hududida, ichida yo‘q unaqa magazinlar. Yo‘lning narigi bo‘yi bozor bo‘lganligi uchun ikkita do‘kon bor edi. Hozir ular yopildi. 1-oktyabrda kuchga kirganidan yopildi. Ishlamaydi hozir. Ularning litsenziyasi o‘sha paytgacha edi. Shuning uchun yopildi ikkalasi ham,- deydi Toshkentdagi mahallalardan biri xodimi.

Mustaqil iqtisodchi Mirkomil Toshkandiy 1 oktyabrdan beri spirtli ichimliklar savdosida kuzatilayotgan o‘zgarishlar haqida Ozodlikka bularni aytdi.

- Hozir ko‘chadaman men. Kelayotgan edim tsirkning oldidan. O‘sha yerda ham bor. O‘zim yashaydigan joyda ikkita tochka bor. Bemalol olsa bo‘ladi. Tamaki mahsulotlari umuman do‘konlarda muammo emas. Oziq-ovqat sotadigan do‘konlarning ko‘pida bor. Spirtli ichimliklar maxsus belgilangan joylarda hamma joyda bor. Bemalol sotib olsa bo‘ladi. Katta muammo emas u, deydi Mirkomil Toshkandiy.

Masala yuzasidan Internetdagi xabar


O‘zmetronom sayti xabari Mirkomil Toshkandiy aytgan gaplarning mutlaqo aksidir. (Toshkent – katta, mavzelardagi sharoit bir-biriga o‘xshamasligi mumkin)

Saytga ko‘ra, “O‘zbekistonda spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi deyarli barcha do‘konlar o‘z ishini vaqtincha to‘xtatgan. Ahvol aql bovar qilmas darajaga yetgan. Odamlar to‘yu to‘rkinga na aroq va na konьyak sotib ola bilayapti”.

Maqola muallifi fikricha, aroq-vino va tamaki sotish uchun yangi litsenziya olish kerakligini belgilab qo‘ygan 65-qaror korruptsiyaning yanada avj olishiga xizmat qiladigan hujjatdir.

“Muammo litsenziyaning aql bovar qilmas darajada qimmatligida, muammo do‘konning maktab va bog‘chalardan lozim uzoqlikda turganligini isbotlashdadir. Bu esa, amaldorga pora bermay isbotlash mutlaqo imkonsiz yumushdir”, deb yozdi sayt.
XS
SM
MD
LG