Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:56

Pokistonda toliblar 14 yoshli blogger qizni o'qqa tutishdi


Malali Yusufzay
Malali Yusufzay
Poikistonlik toliblarning 14 yoshli blogger qiz Malala Yusufzayga nisbatan uyushtirgan hujumi keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda.

Malali 2011 yilda Internetda Tahriqi Tolibon guruhi jangarilarining Svat vodiysi aholisiga nisbatan shafqatsiz munosabati haqidagi hikoyalarini e‘lon qilgan edi.

Tolibon obro'siga putur yetkazgani va g'arbona qarashlari uchun jangarilar Malalani o'zlarining "qora ro'yxati"ga qo'shishgan.

9 oktyabr kuni uyushtirilgan hujum oqibatida boshidan o‘q yegan Malala operatsiya qilingan. Biroq uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama 14 yoshli Malala Yusufzayga uyushtirgan hujumni fojea va yovvoyilik deb atadi.

Malala o'z hikoyalaridan birida Obamani dunyodagi eng yaxshi lider, deya e'tirof etgan edi.

Mazkur voqea Polkiston va xorijda jamoatchilikning nafratiga sazovor bo‘ldi. Malalani himoya qilish va yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan ko‘plab aksiyalar o‘tkazildi. Mamlakat Bosh vaziri Parvez Ashraf Malala Yusafzayni “Pokiston qizi” deb atadi.
XS
SM
MD
LG