Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:34

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Xitoy yozuvchisiga berildi


Nobel mukofoti laureati Mo Yan.
Nobel mukofoti laureati Mo Yan.
Adabiyot bo‘yicha 2012 yilgi Nobel mukofoti xitoylik yozuvchi Mo Yanga berildi. Shvetsiya Akademiyasi qoshidagi Nobel qo‘mitasi tomonidan g‘olib deb topilgan laureatga 1,2 million AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ham beriladi.

Nobel qo‘mitasi xitoylik ijodkorning "gallyutsinatorik realizm" janridagi asarlarini yuqori baholadi. Yozuvchining 2010 yilda chop qilingan "Qurbaqalar" nomli romani Xitoy hukumatining bir oilaga bir bola siyosatini tanqid ostiga oladi.

Adabiyot bo‘yicha eng oliy mukofot uchun Nobel qo‘mitasi ko‘rib chiqqan nomzodlar orasida Mo Yandan tashqari yaponiyalik taniqli yozuvchi Haruki Murakami, vengriyalik esseist Piter Nadast, irlandiyalik dramaturg va novelist Uilьyam Trevorlar asosiy da‘vogarlar deb ko‘rilayotgan edi.

Joriy haftada amerikalik tadqiqotchilar Robert Lefkovits va Brayan Kobilka kimyo bo‘yicha, frantsuz va amerikalik olimlar Serj Arosh va Devid Uaynland fizika bo‘yicha hamda britaniyalik Jon Gurdon va yapon Shinya Yamanka tibbiyot bo‘icha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori 12 oktyabr kuni e‘lon qilinadi.

Shvetsiyalik sanoatchi Alfred Nobel tomonidan asos solingan dunyodagi eng hurmatli bu mukofot ilk bor 1901 yilda berilgan.

Mukofotlarni topshirish marosimi Nobel o‘lgan 10 dekabr kunida topshiriladi.
XS
SM
MD
LG