Линклар

logo-print
11 oktyabr kuni Toshkentga tashrif buyurgan futbol olamining afsonaviy shaxsi, UYeFA prezidenti Mishel Platini Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

O‘zbek matbuotining bildirishicha, uchrashuv chog‘ida Mishel Platini O‘zbeksitonda futbol rivojlanishini yuqori baholagan.

“O‘zbekiston terma jamoasining ayni paytda jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu mamlakat o‘z mintaqasida futboli eng rivojlangan mamlakatdir", - deb qayd etgan UYeFA prezidenti.

Bosh vazir bilan uchrashishdan oldin Mishel Platini O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov bilan ko'rishida va u bilan birgalikda "Paxtakor" "Paxtakor" va "Bunyodkor" stadionlarini ko'zdan kechirdi.

Mishel Platini uch marta “Oltin to‘p” bilan mukofotlangan jahondagi yagona futbolchidir. U o‘tgan asrning 80 –yillarida jahonning yang yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lgan. Platini 2007 yilda UYeFA prezidentligiga saylangan.

Platini boshchiligidagi delegatsiya 12 oktyabr kuni Toshkentdan Turkmanistonga jo‘nab ketishi aytilmoqda.

Platinining Markaziyo Osiyo davlatlariga bo'lgan safari 9 oktyabr kuni Qirg'izistondan boshlandi. Bishkekda UYeFA rahbari mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev va qator rasmiylar bilan uchrashdi.

10 oktyabr kuni Mishel Platini Dushanbe shahriga tashrif buyurdi va u yerda ham mamlakat prezidenti bilan uchrashdi.

Sportga bag'ishlangan Internet forumlarining ayrim ishtirokchilari Platinining Markaziy Osiyo davlatlariga qilayotgan tashrifi uning 2015 yilda FIFA prezidentligiga nomzodini qo'yishiga ishora etishini aytishmoqda.

Eslatamiz, joriy yilning may oyida FIFA rahbari Zepp Blatter ham O'zbekistonga tashrif buyurib, prezident Islom Karimov qabulida bo'lgan edi.
XS
SM
MD
LG