Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:23

Futbol: O'zbekiston - BAA


Bugun, 12 oktyabr kuni futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi mehmonda Birlashgan Arab Amirliklari termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Stadion.uz nashri bergan statistikaga ko'ra, shu kungacha O'zbekiston terma jamoasi 202 marotaba o'yin o'tkazgan va ularning eng ko'pi BAA jamoasiga qarshi o'tgan - 11 marta.

11 o'yinning ikkitasida O'zbekiston g'alaba qozongan bo'lsa, yettisasida BAAning qo'li baland kelgan. Ikki o'yinda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati esa 9-18 BAA foydasiga.

Eng qizig'i, O'zbekiston terma jamoasi BAA termasini Toshkentda uch marotaba qabul qilgan va barchasida mag'lub bo'lgan.

Bugun Dubay shahrida o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi ikki terma jamoa ortasidagi beshinchi o'rtoqlik o'yinidir.

Eslatamiz, murabbiy Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 16 oktabr kuni Doha shahrida JCh-2014 saralash o'yinlari doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
XS
SM
MD
LG