Линклар

Gulnoraning pul yuvganlikda ayblanayotganlarga aloqasi bor


Pul yuvishda ayblanayotganlardan biri Gulnora Karimovaning yaqin gumashtasi ekani aytiladigan Gayane Avakyandir.

Pul yuvishda ayblanayotganlardan biri Gulnora Karimovaning yaqin gumashtasi ekani aytiladigan Gayane Avakyandir.

Shveysariya va Shvetsiya rasmiylari tomonidan pul yuvish va pora olganlikda ayblanayotgan Alisher Ergashevning Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi ko‘rsatuvchi hujjat Frantsiyadan topildi.

Hozirda Shveysariyada hibsda qolayotgan Alisher Ergashev O‘zbekiston prezidentining qizi Frantsiyada tashkil qilgan kamida ikkita firmada bosh ijrochi direktor lavozimini egallaydi. Alisher Ergashev TeliaSonera shirkatidan pora olgani gumon qilinayotgan Takilant shirkatining Shvetsiyadagi vakili sifatida ham qaydga olingan.

Pul yuvish va pora olish jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanayotgan Alisher Ergashevning O‘zbekiston prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatni shvetsiyalik jurnalistlar qo‘lga kiritdi.

Shvetsiyaning TT milliy axborot agentligi muxbiri Ola Vesterberg Ozodlik bilan suhbatda bu hujjatni ochiq manba bo‘lgan Frantsiya shirkatlar reyetsridan olganini aytadi.

- Fransiya shirkatlar reyestridan olingan bu hujjatlarga ko‘ra, ulushlarining 95 foizi Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan ikkita shirkatda Alisher Ergashev direktor sifatida ro‘yxatga olingan. Bu shirkatlarning biri 2009 yilda, ikkinchisi 2010 yilda tashkil qilingan va Fransiyada ko‘chmas mulk sotib olish uchun ishlatilgan. Jumladan, G‘arbiy Parijda (Frantsiya poytaxtining eng badavlat rayoni-tahr.), hashamatli kvartira sotib olingan, deydi Ola Vesterberg.

Fransiya shirkatlar reyestridan olingan, Invest Studio va Invest Service Group firmalariga oid hujjatlar ostida Glunora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma yon turganini ko‘rish mumkin.

Invest Studio va Invest Service Group hujjatlarida Glunora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma yon turganini ko‘rish mumkin.

Invest Studio va Invest Service Group hujjatlarida Glunora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma yon turganini ko‘rish mumkin.

TeliaSonera shirkati O‘zbekistonda biznes qilish uchun Gulnora Karimovaga pora berganiga oid ishni o‘rganayotgan Shvetsiya Bosh prokuraturasi uchun bu muhim hujjatlardir, deydi jurnalist.

TeliaSonera O‘zbekistonda hech kimga pora bermagani, pora, deb ko‘rilayotgan 300 million dollarga yaqin pulni esa, 3G litsenziyasini sotib olish uchun Takilant shirkatiga berganini hamda bu shirkatning O‘zbekiston prezidenti oilasiga aloqasi bo‘lmaganini aytib kelmoqda. TeliaSonera vitse prezidenti Sesiliya Edstrom Ozodlik bilan suhbatda, 2007 yildagi kelishuvdan oldin Takilant egalari surishtirilganini aytgan edi.

Dushanba kuni e‘lon qilingan hujjatlar esa, Takilant firmasining Shvetsiyadagi vakili sifatida ro‘yxatga olingan Alisher Ergashevning Gulnora Karimova bilan juda yaqin aloqalari borligini ko‘rsatadi, deydi Ola Vesterberg.

- Hujjatning eng qiziqarli va muhim jihati ham ana shunda, ya‘ni bu ikki shaxs o‘zaro biznes aloqalarda bo‘lgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Ularning imzolari bitta hujjatda yonma-yon qo‘yilgan. Bundan tashqari oshkor bo‘layotgan har bir dalil TeliaSoneraning vaziyatini yanada qiyinlashtiradi. Chunki hozir parlamentning ba‘zi a‘zolari biz ochiq manbadan, ortiqcha qiyinchiliklarsiz, olgan hujjatlarni bu shirkat nega topa olmadi, degan savollarni qo‘yishmoqda, deydi shved jurnalisti.

Shirkatlardan birining nomi Invest Studio, ikkinsi esa Invest Service Group.

Shirkatlardan birining nomi Invest Studio, ikkinsi esa Invest Service Group.

TeliaSonera O‘zbekistonda pora bergani va pul yuvishga aloqadorligiga oid iddaolarni tergov qilayotgan Shvetsiya bosh prokuraturasi Fransiya shirkatlar reyestridan olingan hujjatlarni izohlamadi.

TeliaSonera shirkatining o‘zi ham hozircha bu xususda izoh bermayotir.

O‘tgan hafta TeliaSonera o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni tekshirish uchun maxsus guruh tashkil qilganini e‘lon qildi.

O‘tgan oyda Shvetsiya televideniyesi TeliaSonera O‘zbekistonda biznes qilish uchun Gulnora Karimovaga yuzlab million AQSh dollari miqdorida pora bergani iddao qilingan "TeliaSonera-o‘zbek ishi" nomli hujjatli filmni namoyish qilishi ortidan Shvetsiya prokuraturasi bu iddaolar yuzasidan jinoiy ish ochgan va Takilant shirkati hisob raqamlarini muzlatib qo‘ygan edi.

37 yoshli Alisher Ergashev iyul oyi oxirida yana bir O‘zbekiston fuqarosi Shohruh Sobirov bilan birgalikda pul yuvishga aloqadorlikda ayblanib, Shveysariyada hibsga olingan edi.

Shveysariya prokuraturasi ulardan tashqari yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi pul yuvishga aloqadorlikda ayblanayotganini rasman bildirgan ammo rasman qolgan ikki kishining ismini oshkor qilmagan.

Ayni paytda Shvetsiya prokuraturasi Alisher Ergashev bilan birgalikda Takilant kompaniyasi menejeri Gayane Avakyanga nisbatan jinoiy ish ochganini ma‘lum qildi. Gayane Avakyan joriy haftada Gulnora Karimova boshchiligadagi ART week Style.Uz. madaniyat va modalar haftaligiga bosh-qosh bo‘ldi.

Ushbu guruhning to‘rtchi a‘zosi “O‘zdurobita” shirkati sobiq ijrochi direktori Behzod Ahmedov ekani iddao qilinadi.

O‘zbekistonda ham moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, Interpol qidiruvida bo‘lgan Behzod Ahmedovning hozir qayerdaligi noma‘lum.
XS
SM
MD
LG