Линклар

Obidxon qorini otganlikda gumonlangan shaxs Rossiyada ushlandi


Qotillikda gumonlanganshaxsning kuzatuv kameralarida muhrlangan surati.

Qotillikda gumonlanganshaxsning kuzatuv kameralarida muhrlangan surati.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati joriy yil fevralida Shvetsiyaning Stromsund shahrida taniqli o‘zbek imomi Obidxon qori Nazarovni otganlikda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda 12 oktyabr kuni aksar Shvetsiya nashrlari xabar tarqatdi.

Obidxon qorining Shvetsiyada yashayotgan o‘g‘li Dovudxon Ozodlik bilan suhbatda o‘z oilasiga ehtimoliy qotil ushlangani haqda ma‘lumot olganini bildirdi.

Obidxon qori joniga qasd qilganlikda ayblanayotgan shaxs Shvetsiya politsiyasi ro‘yxatida bo‘lgan telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qilganidan keyin qayerdaligi aniqlanib Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Shved matbuotining yozishicha¸ hozirda bu shaxsni Rossiyadan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Obidxon qorining Shvetsiyada yashayotgan o‘g‘li Dovudxon Shved huquq-tartibot organlari bilan doimo aloqada ekanligini bildirib¸ Rossiyada ushlangan shaxsning 1978 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiy ekanini aytdi.

Tergov hujjatlarida ham Obidxon qoriga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1978 yil tug‘ilgan Yuriy Jukovskiy o‘q uzganligi aytilgan edi.

Shvetsiya prokurori: Obid qori suiqasdi ortida MXX turgan


Shvetsiyada o‘zbek Obidxon qori Nazarovga qilingan suiqasdda ko‘maklashganlikda ayblanayotganlar ustidan o‘tayotgan mahkamaning so‘nggi kunida prokuror suiqasd buyurtmachisi O‘zbekiston maxfiy xizmati bo‘lganini bayon qilgan edi.

Sud majlislarini muttasil kuzatib borgan Östersunds-Posten gazetasi muxbiri Tord Andersonga ko‘ra, prokuror sud tergovidagi ko‘rsatmalardan suiqasd ortida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgan, degan xulosani bergan edi.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum shaxs tomonidan o‘qqa tutilgan edi.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum shaxs tomonidan o‘qqa tutilgan edi.

"Biz taqdim etgan faktlar hujum tuzum tanqid qilinganligi uchun sodir etilganligi va uning o‘zbek xavfsizlik xizmatlari topshirig‘i bilan amalga oshirilganiga hech qanday shubha qoldirmaydi", deya ta‘kidladi prokuror Peterson, degan edi jurnalist.

Suiqasdga ko‘maklashgan o‘zbeklar oqlandi¸ ammo yuqori mahkama buni yana ko‘rib chiqadi

Shvetsiyaning Ostersund shahar sudi taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga suiqasd uyushtirgan shaxsga yordam berganlikda gumonlangan ikki o‘zbekistonlikni aybsiz deb topgan edi.

Obidxon qorining Shvetsiyada yashayotgan o‘g‘li Dovudxonga ko‘ra¸ shu kunlarda Shvetsiya mahkamasi Bahodir Po‘latov hamda Nodira Aminovalarni ehtimoliy qotilga yordam bergani masalasini qayta ko‘rib chiqadi.

Mahkama qarorida dissident imomga qilingan hujum ortida Shvetsiyadan tashqaridagi tashkilot turgani va hujumning siyosiy sababga ega ekanligi e‘tirof qilingan edi.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum shaxs tomonidan o‘qqa tutilgan edi. U hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.

Qorining ahvoli borasida yangi umidlar


Obidxon qorining Shvetsiyada yashayotgan o‘g‘li Dovudxon vrachlar fikriga tayanib otasining ahvoli yaxshi tarafga o‘zgarganini bayon qildi.

Vrachlar qori tanasidagi jarohatlar bitib¸ muolajalar samarasi umid uyg‘otuvchi degan fikrni aytishdi¸ deydi Dovudxon.


XS
SM
MD
LG