Линклар

logo-print
Suriya Turkiyaning yo‘lovchi tashuvchi uchqichlari uchun havo yo‘lagini yopib qo‘ydi.

Suriya Tashqi ishlar vazirligining bayonotida bu chora Turkiyaning shu kabi qadamiga javob o‘laroq qabul qilingani qayd etiladi.

Aslida Anqara Suriya uchqichlari uchun havo yo‘lagini yopmagan, biroq Suriya samolyotlari Bashar Assad rejimi uchun harbiy yuklarni olib ketayotganiga oid gumon paydo bo‘lgan taqdirda ularni qo‘nishga majbur qilishi haqida bildirgan.

Seshanba kuni Moskvadan Damashqqa uchib ketayotgan Suriya samolyoti ana shu tarzda Anqaraga qo‘ndirilgandi. Suriya va Rossiya Turkiya rasmiylarning bu harakati yuzasidan norozilik izhor qilgan.
XS
SM
MD
LG