Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:26

Futbol: Bugun O‘zbekiston Qatarga qarshi o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Dohada JCh-2014 saralash 4-bosqich o‘yinlari doirasida Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:25 da boshlanadigan o‘yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari ko‘k rangli libosda, ularning raqiblari esa oq rangli libosda to‘p surishadi.

Doha shahridagi “As-Sadd” stadionida o‘tadigan o‘yinni O‘zbekistonning “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish rejalashtirilgan.

Eslatamiz, JCh-2014 saralash 4-bosqichi “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3 o‘yinda ikki ochko to‘plagan holda hozircha guruh beshtaligining eng so‘nggidan joy olgan.

3 o‘yinda 7 ochko to‘plagan Janubiy Koreya terma jamoasi guruhda peshqadamlik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG