Линклар

Futbol: Qatar-O'zbekiston 0:1


Qatar -- An Uzbek fan shouts before their 2011 Asian Cup semi-final soccer match against Australia at Khalifa stadium in Doha, 25Jan2011

Qatar -- An Uzbek fan shouts before their 2011 Asian Cup semi-final soccer match against Australia at Khalifa stadium in Doha, 25Jan2011

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yil Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun to‘rtinchi davra saralash uchrashuvlari doirasida Dohada shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi to‘p surdi.

“As-Sa‘d” stadionidagi o‘yinning 13-daqiqasida Sanjar Tursunov mezbonlar darvozasini aniq nishonga oldi. O‘yin oxiriga qadar 0:1 hisobi o‘zgarmadi.

Hisobida 2 gol bilan Tursunov 4-saralash bosqichi to‘purarlari beshligidan joy oldi.



O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt o‘yinda 5 ochko to‘plagan holda saralash bosqichining “A” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Afsuski, O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkib o'yinchilari Jasur Hasanov va Anzur Ismoilov 14 noyabr kuni Eronga qarshi o‘yinida maydonga tusha olmaydi.

Bunga ularning seshanba kuni Doha shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda olgan ikkinchi sariq kartochkalari sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG