Линклар

Pokistonlik o‘smir qiz Malala Yusufzayga “Jasorat” medali berildi.

Qizlarning bilim olish huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan 14 yashar Malala Yusufzay o‘tgan hafta pokistonlik toliblar hujumiga uchragani oqibatida boshidan yaralangan.

Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik Malalaga toliblar hujum qilganini aytgan va shunday hujumlar yana uyushtirilishiga tahdid qilgan pokistonlik toliblar matbuot vakili Ehsonulloh Ehsonning boshi uchun 1 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli berilishini aytdi.

Hozirda Malala Yusufzay Britaniyaning Birminghem shahridagi kasalxonada davolanmoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, Malala jismoniy va ruhiy jihatdan to‘la sog‘ayib ketishi uchun uzoq muddat davomida muolaja olishi kerak.
XS
SM
MD
LG