Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:55

Britaniya AQSh talab qilgan hakerni ekstraditsiya qilmadi


Geri Makkinnon
Geri Makkinnon
Britaniya hukumati Pentagon kompyuter tizimini buzganlikda ayblanayotgan hakerni AQShga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi.

Seshanba kuni mamlakat parlamenti oldida qilgan chiqishida Britaniya Ichki ishlar vaziri Tereza Mey 46 yoshli haker Geri Makkinnon AQShda o‘zini o‘ldirish xavfi borligi va shu sabab uni AQShga ekstraditsiya qilmaslik qarori qabul qilinganini aytdi.

Geri Makkinnon AQSh tarafidan talab qilingan, biroq Britaniya tomonidan ekstraditsiya qilinmagan ilk insonga aylandi.

Ruhiy kasallikka chalingani tasdiqlangan Makkinnon AQSh hukumati kompyuterlariga kirganini tan olgan, biroq u kompyuterlarda uchar likopchalar haqida ma‘lumot izlaganini aytgan.
XS
SM
MD
LG