Линклар

logo-print

iPad mini oktyabr oyi ohirida e'lon qilinishi mumkin


Apple tarafidan 2010 yili taqdim etilgan iPad plansheti bugungi kunga kelib planshetlar bozorining 50 foizidan ko'prog'ini egallagan.

Apple tarafidan 2010 yili taqdim etilgan iPad plansheti bugungi kunga kelib planshetlar bozorining 50 foizidan ko'prog'ini egallagan.

Apple shirkati ko'pchilik tarafidan muhokama qilinayotgan iPad Mini planshetini oktyabr oyi ohirida e'lon qilishi mumkin.

Bu haqda Apple ning 23 oktyabr kuniga uyushtirayotgan taqdimot marosimiga taklifnoma olgan jurnalistlar xabar qilmoqda.

Taklifnomada "Bizda siz uchun yana bir narsa bor" ("We've got a little more to show you") yozuvi tushirilgan. Jurnalistlarga ko'ra, "little" (ozgina, kichkina - tahr.) so'zi kichraytirilgan iPad planshetiga ishora etishi mumkin.

Kichik iPad ning ekrani 7-8 dyuymli bo'lishi, 3G tarmoqlariga ulanish fuksiyasi bo'lmasligi, narxi esa 300 AQSh dollari atrofida bo'lishi tahmin qilinmoqda.

Kaliforniya shtatining Sah-Xose shahrida o'tadigan taqdimot marosimida iPad mini bilan birga Apple ning yana boshqa texnologiyalari ko'rsatilishi mumkin.

Apple tarafidan 2010 yili taqdim etilgan iPad plansheti bugungi kunga kelib planshetlar bozorining 50 foizidan ko'prog'ini egallagan.
XS
SM
MD
LG