Линклар

logo-print
AQShda apellyatsiya bosqichidagi sud hay‘ati Usama bin Ladinning sobiq haydovchisi terrorga aloqadorlikda ayblangan avvalgi mahkama qarorini bekor qildi.

Sud hakami Salim Ahmad Hamadon harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligini ma‘lum qildi.

Hamadon 1996-2001 yillarda Al-Qoida yetakchisining haydovchisi bo‘lgan. U 2001 yilda Afg‘onistonda amerikalik harbiylar tarafidan qo‘lga olinib, Guantanamo qamoqxonasiga yuborilgandi.

2008 yilda AQSh Harbiy tribunali Salim Ahmad Hamadonni besh yarim yilga ozodlikdan maxrum qilish haqida qaror chiqardi. Bu davrga kelib uning qamoqda o‘tirganiga olti yil to‘lgani bois ozod etilgandi.
XS
SM
MD
LG