Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:37

O‘XH: Harakatning Yoshlar qanoti Toshkentda varaqa tarqatdi


O‘zbekiston Xalq harakatining yosh faollari varaqalarni Toshkentning Algoritm mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning pod‘ezdlariga yopishtirib chiqqani aytilmoqda.

O‘zbekiston Xalq harakati o‘z sayti orqali tarqatgan xabarda varaqa tarqatish “repressiv rejim imkoniyat bermayotgan va shahar ko‘chalari kechayu kunduz qattiq qo‘riqlanayotgan bir pallada amalga oshirilgan”i aytilgan.

O‘zbekiston Xalq harakati Muassislar majlisi a‘zosi Muhammadsolih Obutov Ozodlik muxbiri bilan suhbatda varaqa mazmuni va uni tarqatish jarayoni haqida so‘zlab berdi.

Muhammadsolih Obutov: “Cho‘lpon” yoshlar guruhimizning bir-ikki a‘zolari qo‘lga olinib, qamoqqa tashlanganidan keyin varaqa tarqatish ma‘lum muddat to‘xtatilgan edi. Lekin O‘XHni yana bir necha guruhi bor. Ular katta-katta shaharlarda yana tayyorgarlik ko‘rishyapti. Turli xil varaqalar va disklar vaqti-vaqti bilan tarqatiladi.

Ozodlik: 600dan ortiq nusxada tarqatildi, deyilgan varaqalarda nima deyilgan?

Muhammadsolih Obutov: Bu yerda, asosan, Obidxon qori Nazarovga, Fuad Shokirovga qilingan suiqasdlarning ortida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgani, rejimning mana shunaqa bir g‘ayriinsoniy xususiyatlari o‘zbek xalqiga tushintirilyapti. O‘zimizning saytimizda chiqqan maqolalar berib borilyapti.

Ozodlik: Bu bilan O‘zbekiston Xalq harakati nimaga erishmoqchi, qanday maqsadlarni ko‘zlagan?

Muhammadsolih Obutov: Aslida bu har qanday erkin mamlakatda muxolifat bemalol qila oladigan ish. Bizning bu harakatlarimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid emas. Biz faqat rejimga qarshimiz va rejimning jinoyatlarini fosh etyapmiz. Birgina O‘zbekistonda emas, hozir Rossiyadagi mehnat muhojirlari orasida ham shunday varaqalar va disklar tarqatilyapti hamda bu faoliyatimiz davom etadi, dedi Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Xalq harakati Muassislar majlisi a‘zosi Muhammadsolih Obutov.
XS
SM
MD
LG