Линклар

logo-print
O'zbekiston prezidenti Islom Karimov futbol bo'yicha nogironlar terma jamoasi a'zolarini 2012 yilgi jahon chempionatida go'liblikni qo'lga kiritgani munosabati bilan mukofotlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Hujjatga ko‘ra, futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida Rossiyada o‘tkazilgan 2012 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqalarda mamlakat sha‘nini munosib himoya qilishda jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan uch nafar terma jamoa a‘zosi orden va medallar bilan taqdirlandi.

Hususan, futbol bo'yicha O'zbekiston nogironlar terma jamoasi bosh murabbiyi Umarxo'jaev Mavzurxo'ja "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Musobaqada yuqori o'yin ko'rsatgan terma jamoa a'zolari Tursunov Nuriddin va Hasanov Hakimjon "Jasorat" medali bilan mukofotlandi.

14 oktyabr kuni Rossiyaning Kaliningard shahrida o‘tkazilgan nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya terma usitdan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, ketma-ket uch karra jahon chempioniga aylangandi.

O'zbekiston futbol federatsiyasiga ko'ra, bugun, 18 oktyabr kuni Toshkentdagi "Navro'z" restoranida chempion bo'lgan amputatnlar terma jamoasi va Osiyo chempionatida g'alaba qozongan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, 1996 yilda tug'ilgan futbolcholardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 22 sentabr - 6 oktyabr kunlari Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionati bahslarida g'olib bo'lgan edi.
XS
SM
MD
LG