Линклар

logo-print

Faol smartfonlar soni bir milliarddan oshdi


Apple shirkatining sobiq rahbari, marhum Stiv Jobs o'sha vaqt Rossiya prezidenti bo'lgan Dmitriy Medvedevga iPhone 4 smartfonini ko'rsatmoqda. San Fransisko, 23 iyun 2010 yil.

Apple shirkatining sobiq rahbari, marhum Stiv Jobs o'sha vaqt Rossiya prezidenti bo'lgan Dmitriy Medvedevga iPhone 4 smartfonini ko'rsatmoqda. San Fransisko, 23 iyun 2010 yil.

Dunyodagi faol smartfonlarning soni bir milliarddan oshdi. Bu haqda Bloomberg agentligi Strategy Analytics shirkati olib borgan tadqiqot natijalariga asoslanib xabar berdi.

Tadqiqotda aytilishicha, so'nggi yil davomida faol smartfonlar soni qariyb 47 foizga o'sib, bugungi kunda 1 milliard 38 millionni tashkil etadi. O'tgan yili bu ko'rsatkich 706 million edi.

Kuzatuvchilar faol smartfonlar sonining jadallik bilan o'sish surati kelasi yil ham saqlanib qolishi va 2015 yilga borib ularning soni 2 milliardga yetishini tahmin qilishmoqda.

Dunyo smartfon bozorida esa hali ham Android bazasidagi apparatlar yetakchilik qimoqda. IDC shirkati izlanishlariga ko'ra, dunyodagi faol smartfonlarning 60 foizidan ko'pi Android operatsion tizimi asosida ishlaydi. Apple shirkatining iOS operatsion tizimidagi iPhone smartfonlari esa bozorning qariyb 20 foiziga egalik qiladi.

Android smartdonlarining asosiy qismi Janubiy Koreyaning Samsung shirkati tarafidan ishlab chiqarilmoqda.

Bir necha yil avval dunyo smartfon bozorida yetakchi shirkat bo'lgan Nokia kompaniyasi esa asta sekin raqobatdan chiqib bormoqda. 2006 yilda Nokia shirkatining Symbian operatsion tizimi asosida ishlagan apparatlar smartfon bozorining qariyb 73 foiziga egalik qilgan bo'lsa, bugungi kunda bu ko'rsatkich 4 foizga tushib ketdi.

Eslatamiz, bozori chaqqon bo'lgan smartfonlar ro'yxatida Apple ning iPhone va Samsung ning Galaxy apparatlari yetakchilik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG