Линклар

AQSh davlat departamenti taxminan Eron hududida “Al Qoida” harakatini moliyalashtirayotgani aytilayotgan ikki shaxsning qayerda ekani to‘g‘risida ma‘lumot bergan odamlarga katta miqdorda mukofot berilishini e‘lon qildi.

Muxsin al Fadhliy to‘g‘risidagi ma‘lumot uchun 7 millilon dollargacha, uning yordamchisi Odil al Harbiy to‘g‘risidagi ma‘lumot uchun esa 5 million dollargacha mukofot belgilangan.

Ularning Eron hududida yashayotgani va jangarilarni Pokistondan Yevropaga, Shimoliy Afrikaga, Afg‘oniston va Iroqqa jo‘natilishini ta‘minlayotgani iddao qilinayotir.

AQSh Moliya vazirligi al Harbiyning AQShdagi ehtimoliy aktivlarini muzlatib qo‘ygan. AQSh fuqarolariga u bilan aloqa qilish taqiqlangan.
XS
SM
MD
LG