Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:28

Jenevada hibsga olingan o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborildi


Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi efirga bergan hujjatli filmda TeliaSonera Takilant Ltd. orqali Gulnora Karimovaga pora bergani iddao qilingan edi.
Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi efirga bergan hujjatli filmda TeliaSonera Takilant Ltd. orqali Gulnora Karimovaga pora bergani iddao qilingan edi.
Shveytsariya tergov idoralari pul yuvishda gumonlab, hisbga olgan ikki o‘zbekistonlik garov evaziga qamoqdan ozod qilindi. Bu xabarni Ozodlikka tasdiqlagan Shveytsariya prokuraturasi to‘rt nafar o‘zbekistonlikka nisbatan ochilgan tergov ishi davom etayotganini alohida qayd etdi.

"O‘zbeklar ishi" yopilgani yo‘q


“O‘zbekistonning ikki fuqarosi 2012 yil 16 oktyabr kuni Shveytsariya Bosh prokuraturasi tomnidan garov evaziga qo‘yib yuborildi. Bu muqobil chora sud tomonidan 2012 yil 15 oktyabr kuni qabul qilindi”, deya ma‘lum qildi Shveytsariya bosh prokuraturasi matbuot kotibi Jannet Balmer Ozodlik so‘roviga javoban.

Balmer xonim tergov siri tufayli barcha ma‘lumotni oshkor qila olmasligini ma‘lum qildi.

Shu yilning 29 iyul kuni Jenevada hibsga olingan Alisher Ergashev va Shohruh Sobirovlardan olingan garov miqdori ham ochiqlanganicha yo‘q.

Shveytsariya rasmiylari “o‘zbeklar ishi” doirasida mamlakat banklaridagi o‘zbekistonliklarga qarashli 600 million Shveytsariya franki (taqriban 640 million AQSh dollari)ga teng hisob raqamlarni muzlatib qo‘ygan edi. Shveytsariya banklaridagi bu hisob raqamlari hibs ostida qolmoqda, deya ma‘lum qildi Shveytsariya prokuraturasi rasmiysi Jannet Balmer.

O‘zbekistondagi ishonchli manbaning Ozodlikka aytishicha, Gulnora Karimovaga qarashli ekani iddao qilinadigan Coca Cola Uzbekistan top-menejerlari ekani aytiladigan 37 yoshli Alisher Ergashev va 34 yoshli Shohruh Sobirovlar allaqachon Toshkentga yetib kelgan.

Lekin ularning O‘zbekistonda ekaniga oid ma‘lumotni boshqa manbadan tasdiqlashning imkoni bo‘lgani yo‘q.

Shveytsariya prokuraturasi garovga qo‘yib yuborilgan gumonlanuvchilar mamlakatni tark etgani to‘g‘risidagi iddaolarni izohlamadi.

Shvetsiya prokuraturasining xabari yo‘q


Alisher Ergashev Shvetsiya tergov idoralari tomonidan ham TeliaSonera va Takilant Ltd. bilan bog‘liq ish yuzasidan pul yuvish va moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda. 15 oktyabr kuni Shvetsiya sudi TeliaSonera shirkatidan pora olganlikda gumonlanayotgan Takilant Ltd. kompaniyasiga qarashli 30 million AQSh dollariga teng bank hisob raqamini muzlatish qarorini ma‘qulladi.

Shvetsiya Shveytsariya bilan o‘zaro bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilayotganiga qaramasdan, Shveytsariya prokuraturasi shvetsiyalik hamkasblarini gumonlanuvchilar ozod qilingani haqida xabardor qilmagan.

Shvetsiya Bosh prokuraturasi tergovchisi Gunnar Stetler Ozodlik bilan suhbatda o‘zbekistonliklar ozod etilganidan bexabar ekanini ta‘kidladi.

- Men bundan bexabarman. Lekin men bugun imeylim va pochtamni tekshirganimcha yo‘q. Hozircha meni bundan xabardor qilishganicha yo‘q, dedi Shvetsiya prokuraturasining Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘limi rahbari Gunnar Stetler.

Invest Studio va Invest Service Group hujjatlarida Glunora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma yon turganini ko‘rish mumkin.
Invest Studio va Invest Service Group hujjatlarida Glunora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma yon turganini ko‘rish mumkin.
Lekin o‘zbekistonliklar ikki kun avval qo‘yib yuborilgan, demak Shveytsariya prokuraturasi bu qarorni Shvetsiya tomoni bilan maslahatlashmasdan qabul qilgan bo‘lib chiqadi, shunday emasmi, degan savolni suhbatdoshimiz izohlashdan bosh tortdi.

Dushanba kuni Shvetsiya sudi Hibraaltarda ro‘yxatga olingan Takilant shirkati ikki vakili Gayane Avakyan va Alisher Ergashevning “pul yuvganlikda aybdor” deya taxmin qilish uchun o‘zida barcha asoslar borligini ma‘lum qildi.

TeliaSonera va Takilant Ltd. ishini kuzatayotgan shved jurnalistining ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka aytishicha, Shvetsiya prokuraturasidagi manba Alisher Ergashev Toshkentga ketib qolgan bo‘lsa, uni qaytarib olib kelish deyarli imkonsizdir, deya ta‘kidlagan. Lekin, deydi jurnalist, Shvetsiya prokuraturasi, lozim bo‘lsa, uni xalqaro qidiruvga berishga tayyorligini aytmoqda.

Boshqa tomondan Alisher Ergashev shved tergovchilari tomonidan muhim ma‘lumotlar manbasi sifatida ko‘rilmagan va uning “qo‘ldan qochgani” tergov jarayoniga ta‘sir qilmaydi, deydi shvetsiyalik jurnalist.

8 oktyabr kuni shvetsiyalik jurnalistlar Alisher Ergashevning Gulnora Karimova bilan aloqasi borligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni qo‘lga kiritdi.

Frantsiya shirkatlar reyestridan olingan hujjatlarga ko‘ra, Alisher Ergashev O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova Frantsiyada tashkil qilgan kamida ikkita firmada bosh ijrochi direktor lavozimini egallaydi.

Gulnora Karimovaga qarashli firma nomiga olingani aytilgan Parijning 1 Avenue du Marechat Manoury manzili bo‘yicha joylashgan uy.
Gulnora Karimovaga qarashli firma nomiga olingani aytilgan Parijning 1 Avenue du Marechat Manoury manzili bo‘yicha joylashgan uy.
Bu firmalar Parijning eng badavlat mahallalarida hashamatli kvartiralar sotib olish uchun ishlatilgan.

Darvoqe, Alisher Ergashev va Shohruh Sobirov qamoqdan ozod qilingan kuni - 16 oktyabrda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Parijga safar qildi.

Alisher Ergashev va Shohruh Sobirov shu yilning 29 iyul kuni Jenevadagi Lombar Odier bankida pul yuvishda ishlatilgani bois Shveytsariya tergovchilari nazoratida bo‘lgan bank hisob raqamlariga dahl qilgan paytda hibsga olingan edi.

Ozodlik manbalaridan ma‘lum bo‘lishicha, Shveytsariya prokuraturasi ikki yarim oydan ortiq qamoqda saqlagan Alisher Ergashev va Shohruh Sobirov bilan yana ikki O‘zbekiston fuqarosi Behzod Ahmedov va Gayane Avakyanni pul yuvish va boshqa moliyaviy jinoyatlarda gumonlanmoqda.

Shvetsiya hukumati TeliaSonera telekommunikatsion shirkati O‘zbekistonda biznes qilish uchun Hibraaltarda ro‘yxatga olingan Takilant Ltd. firmasi orqali O‘zbekiston hokimiyati vakillariga pora berganiga oid iddaolar yuzasidan ochgan jinoiy ishning figurantlari ham Alesher Ergashev va Gayane Avakyan ekani ma‘lum.
XS
SM
MD
LG