Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:00

O'zbek futboli Twitterga chiqmoqda


O'zbekiston Premyer ligasining yetakchi futbol jamoalaridan biri Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi bugun Twitterda rasmiy sahifasini ochdi.

Poytaxtlik futbol klubining "tandirdan endi uzilgan" mikroblogida (@fcbunyodkorcom) klubga oid yangiliklar, uchrashuvlar anonslari va chiptalar narxlari haqidagi ma'lumot uch tilda - oz'bek, rus va ingliz tillarida chop etilmoqda.

Shu kungacha Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lmagan "qaldirg'ochlar"ning Twitterda rasmiy sahifasini ishga tushirishi O'zbekiston futbol olamida ken tarqalib borayotgan yangi trend - Twitter trendining natijasi, desak yanglishmaymiz.

Chindan ham Twitter mikroblogidan foydalanish so'nggi kunlarda o'zbek futboliga aloqasi borlar orasida borgan sari ommalashib bormoqda.

Bunga yaqqol misol - futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining kamida to'rt o'yinchisi Twitter mikroblogining faol foydalanuvchilaridan hisoblanishadi. Ular Aleksandr Geynrix (@geynrikh), Server Jeparov (@DjeparovServer), Marat Bikmayev (@quayarella75) va Vitaliy Denisovlardir (@VitaliyDenisov).

Futbolchilar o'z mikrobloglarida nafaqat futbolga oid xabarlar va suratlar chop etishadi, balki shaxsiy va kundalik hayotida yuz berayotgan voqealar haqida ham yozib borishadi.

Eng "follower"lari, ya'ni obunachilari ko'p milliy terma jamoa o'yinchisi Aleksandr Genyrixdir - ayni damda uning ikki mingdan ziyod obunachisi bor.

Premyer liga klublari orasida esa Qarshining "Nasaf" futbol jamoasi eng faol Twitter sahifaga ega (@fcnasaf). O'quvchilari soni 330 ta bo'lishiga qaramay klubning shu kungacha yozilgan tvitlari, ya'ni xabarlar soni ikki mingdan oshib ketgan.

Futbol olamini yorituvchi o'zbek nashrlari ham dunyodagi eng katta mikroblog bilan allaqochon do'stlashib ketishgan. Stadion.uz (@StadionUz) va Uff.uz (@UffUz) veb-nashrlari bunga yaqqol misol bo'lishi mumkin.

O'zbekiston futbol federatsiyasining esa bir emas to'rtta Twitter sahifasi bor. Ularning ikkisida xabarlar o'zbek tilida chop etilsa (@uzbff va @uzbffonline), uchinchisi rus tilida (@ffuzb), to'rtinchisi esa ingliz tilida (@theuffdotcom) olib boriladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi ham o'zining mikroblog sahifasiga ega. PFL u yerda O'zbekiston chempionati va birinchi ligasiga oid rasmiy xabarlarni berib boradi.

O'zbek futbol olamida Twitter ning keng tarqalishiga katta hissa qo'shgan insonlardan biri O'zbekiston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Sanjar Rizayevdir. Obunachilari soni yaqinda mingdan oshgan Sanjar Rizayev o'zining Twitter sahifasida (@SanjarRizayev) milliy terma jamoa va futbol federatsiyasiga oid "issiqqina" xabarlar va suratlarni chop etib boradi.

Aziz mushtariy, siz ham Twitter mikroblogida bormisiz? Bor bo'lsangiz Ozodlikning Twitter sahifasiga (@Ozodlik) obuna bo'lishni unutmang!
XS
SM
MD
LG