Линклар

logo-print
19 oktyabr kuni Rossiyaning Birinchi jamoatchilik kanali uyushtirayotgan “Golos” teleloyihasida taniqli o‘zbek xonandasi Sevara Nazarxon jyuri hay‘atini hayratda qoldirdi.

Xonanda Dima Bilan, Leonid Agutin, Aleksandr Gradskiy, Pelageyadan iborat loyiha hay‘ati oldida frantsuzcha "Je T`aime" qo‘shig‘ini ijro etdi.

Ularning hammasi Sevarani o‘z jamoasiga qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Pelageya esa Sevara ijodining muxlisasi ekanini yashirmasdan, Bilanga mobil telefonidagi xonandaning qo‘shiqlarini eshitishni taklif qildi. Biroq Sevara Leonid Agutinni tanladi.

Sevara Nazarxonning "Golos" loyihasidagi chiqishi:



Sevara Nazarxonning "Golos" loyihadagi chiqishlarini Rossiya Birinchi kanalining veb-sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG