Линклар

logo-print

Artur Taymazov Osiyo Olimpiya Kengashining maxsus mukofotini oladi


XXX Olimpiada o‘yinlarining oltin medali sohibi Artur Taymazov, London sh., 2012 yil 11

XXX Olimpiada o‘yinlarining oltin medali sohibi Artur Taymazov, London sh., 2012 yil 11

"Osiyo Olimpiya Kengashining Olimpiya mukofoti" ta‘sis etildi.

Bu mukofot Londonda o‘tgan XXX Olimpiya o‘yinlarida katta yutuqni qo‘lga kiritgan osiyolik sportchilarga beriladi.

12news.uz nashri O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan matbuot konferentsiyasida Osiyo Olimpiya Kengashining yangi mukofotiga sazovor bo‘lganlar orasida O‘zbekiston vakili, uch marta Olimpiada chempioni Artur Taymazov ham borligi e‘lon qilinganini bildirdi.

Taymazov erkin kurash bo‘yicha 120 kilogrammgacha og‘irlikda Olimpiyadaning uchta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

London Olimpiyadasida Taymazov O‘zbekiston Olimpiya jamoasiga yagona oltin medalni olib kelgan.
XS
SM
MD
LG