Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:30

Odil Ahmedov: Maydonni, futbolni sog'indim


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Odil Ahmedov.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Odil Ahmedov.
Maxachqal'aning "Anji" futbol klubi matbuot xizmati klubning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov mehmoni bo'ldi.

Ayni damda oyog'idan olgan jarohati tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborayotgan Ahmedov mehmonlarni o'zi tayyorlagan qo'lbola palov bilan kutib oldi va ularni qiziqtirgan qator savollarga javob berdi.

O'zbekona to'kin dasturxon atrofida o'tgan suhbatda Odil palov haqida, jarohati va muoalahasi haqida, maktab yillari, yaqin do'stlari va muhlislari haqida aytib berdi.

Odil Ahmedovning "Anji" klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusi:



Eslatamiz, 24 yoshli namanganlik Odil Ahmedov avgust oyida "Anji" tarkibida Gollandiyaning "Vitess" klubiga qarshi o‘tgan uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan edi.

Ahmedov 21 avgust kuni Germaniyada jarrohlik stoliga yotgan. Shifokorlarning aytishicha, uning to‘liq oyoqqa turishi uchun 7-8 hafta vaqt kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari Odilni 14 noyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida o‘tadigan O‘zbekiston - Eron uchrashuvigacha sog‘ayib ketishiga katta umid bildirishmoqda.
XS
SM
MD
LG